Bulutli xizmatlar: 9 ta foydali bulutli saqlagichlar
Biz ushbu maqolada hozirda internet olamida mashxur va narx-sifat jihatdan maqbul bo'lgan servislarni bir yerga jamladik. Bulutli saqlagich, bulut yoki shunchaki bulutli sandiq - ma'lumotlarni saqlashning zamonaviy usulidir. Bulut yordamida siz rasmlar, videolar, fayllar, qo'shiqlar va boshqa turli tuman ma'lumotlaringizni kompyuter xotirasini band qilmasdan saqlash imkoniga ega bo'lasiz. Saqlangan ma'lumotlardan siz qayerda ekanligingizdan qat'i nazar internetga ulanish imkoni bo'lgan taqdirda foydalanishingiz mumkin. Hozirda turli kompaniyalar o'z mahsulotlarini taqdim etmoqdalar va doimiy raqobatdalar, shuning uchun ham bu maqolada bulutli saqlagichlar haqida yozishni lozim topdik.

1. «Google Disk» (Google One)
- Narxi: 15 GB tekin, 30 GB - 6,48 $/oyiga, 2 TB - 12,96 $/oyiga, 5 TB - 21,6 $/oyiga (obunaga Gemini SI qo'shilgan)
- Dasturlar: Windows, macOS, iOS, Android.
- Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
- O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q
Ro'yxatdan o'tish
2. Dropbox
- Narxi: 2 GB tekin, 2 TB - 11,99 $/oy, 3 TB - 22 $/oy, 9 TB - 24 $/oy, 15 TB - 32 $/oy
- Dasturlar: Windows, macOS, Linux, iOS, Android.
- Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
- O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q
Ro'yxatdan o'tish
3. Mega
- Narxi: 20 GB tekin, 400 GB - 4,99 €/oy, 2 TB - 9,99 €/oy, 8 TB - 19,99 €/oy, 16 TB - 29,99 €/oy
- Dasturlar: Windows, macOS, Linux, iOS, Android, Windows Phone.
- Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
- O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q
Ro'yxatdan o'tish
4. Yandex.Disk
- Narxi: 5 GB tekin, 200 GB - 199 ₽/oy, 1 TB - 399 ₽/oy, 3 TB - 799 ₽/oy
- Dasturlar: Windows, macOS, Linux, iOS, Android
- Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
- O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q
Ro'yxatdan o'tish
5. OneDrive
- Narxi: 5 GB tekin, qolgan tariflar O'zbekiston uchun yopiq
- Dasturlar: Windows, macOS, iOS, Android, Windows Phone, Xbox
- Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
- O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q
Agar siz Office 365 Personal xizmatiga obuna bo‘lsangiz, ofis dasturlariga qo‘shimcha ravishda 1 TB OneDrive xotirasiga ega bo‘lasiz. Office 365 Home obunasi 6 foydalanuvchining har biriga 1 TB beradi.
Ro'yxatdan o'tish
6. Mail.Ru Cloud
- Narxi: 8 GB tekin, 128 GB - 149 ₽/oy, 264 GB - 199₽/oy, 1 TB - 399 ₽/oy, 2 TB - 699 ₽/oy
- Dasturlar: Windows, macOS, iOS, Android
- Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
- O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q
Ro'yxatdan o'tish
7. ICloud
- Narxi: 5 GB tekin, 50 GB - 0,99 $/oy, 200 GB - 2,99 $/oy, 2 TB - 10,99 $/oy, 6 TB - 32,99 $/oy, 12 TB - 64,99 $/oy
- Dasturlar: Windows
- Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
- O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q
Xizmat macOS'dagi Finder dasturiga integratsiyalangan - bu barcha Mac kompyuterlarining ish stolidir. iWork ofis to'plami orqali yaratilgan hujjatlar ham iCloud'da saqlanadi, shuning uchun ularni qurilmalar o'rtasida sinxronlashtirish mumkin. Platformada Windows uchun rasmiy mijoz ham mavjud bo'lib, uning yordamida kompyuteringizdagi fayllarni yangilab turishingiz mumkin.
Ro'yxatdan o'tish
8. Box
- Narxi: 10 GB tekin, 100 GB - 16 $/oy
- Dasturlar: Windows, macOS, iOS, Android
- Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
- O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q
Ro'yxatdan o'tish
9. pCloud
- Narxi: 10 GB tekin, 500 GB - 49,99 $/yil yoki 199 $/umrbod, 2 TB - 99,99 $/yil yoki 399 $/umrbod, 10 TB - 1190 $/umrbod
- Dasturlar: Windows, macOS, Linux, iOS, Android
- Rus tilini qo'llab-quvvatlash: bor
- O'zbek tilini qo'llab-quvvatlash: yo'q
Ro'yxatdan o'tish
Ma'lumotlar lifehacker.ru saytidan olindi, biroq narxlar 2024-yil holatiga ko'ra yangilandi.
